14:29 / 24.04.2019
10634

Namanganda o‘z qarindoshini qasddan o‘ldirmoqchi bo‘lgan yigit ushlandi

Illyustrativ foto

21.04.2019 yil soat 10:00larda Namangan shahri, “Yangi asr” mahallasida yashovchi O.M. (1995 y.t.) Namangan shahridagi chorva mollari bozorida qarindoshi M.M. (1993 y.t.) bilan o‘zaro “qarz oldi-berdi” masalasida janjallashib qolganlarida, bozordagi fuqarolar tomonidan ajratilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shunga qaramay, O.M. janjaldan so‘ng M.M.ni qasddan o‘ldirish maqsadida yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan uning orqa tomonidan hujum qilib, bir necha marotaba pichoq urgan, biroq hodisa guvohi bo‘lgan fuqarolar tomonidan ajratib qolinganligi natijasida, O.M. o‘z jinoiy harakatlarini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatda oxiriga yetkaza olmay, hodisa joyidan qochib yashiringan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamlar natijasida, M.M.ning hayoti saqlab qolingan.

Ushbu holat yuzasidan shu kunning o‘zida Namangan shahar prokuraturasi tomonidan O.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. O.M. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Mavzuga oid
Top