13:15 / 25.04.2019
2892

«Eng yaxshi korporativ yuridik xizmat» tanlovi g‘olibi aniqlandi

LUKOIL Uzbekistan Operating Co kompaniyasi «Eng yaxshi korporativ yuridik xizmat» tanlovi g‘olibi deya e'tirof etildi.

Tashkent Law Spring birinchi xalqaro yuridik forumi doirasida Adliya vazirligi «Eng yaxshi korporativ yuridik xizmat» tanlovi e'lon qilingan edi.

Ushbu tanlovga mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan uchta tashkilot nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi:
– «O‘zSanoatqurilishbank» yuridik xizmati; 
– LUKOIL Uzbekistan Operating Co yuridik xizmati; 
– Samarqand avtomobil zavodi yuridik xizmati.

Tanlov natijasiga ko‘ra, Samarqand avtomobil zavodi yuridik xizmati uchinchi o‘rin, «O‘zSanoatqurilishbank» yuridik xizmati ikkinchi o‘rin, LUKOIL Uzbekistan Operating Co yuridik xizmati birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. G‘oliblarga Adliya vazirligi tomonidan mos ravishda 10, 5 va 2 million so‘m miqdorida pul mukofotlari topshirildi.

«Tashkilotimiz 2004 yildan buyon O‘zbekistonda o‘z faoliyatini olib bormoqda. Mamlakatdagi iqtisodiy va huquqiy o‘zgarishlar ijobiy xarakterga ega. Forumning barcha mehmonlarini O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga da'vat etib qolaman», deydi LUKOIL Uzbekistan Operating Co bosh direktori Stepan Gurjiy.

Top