20:48 / 25.04.2019
18763

Putinning sobiq ittifoq vaqtidagi tashrif qog‘ozi sotuvga qo‘yildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sobiq ittifoq vaqtidagi tashrif qog‘ozi 650 ming rublga sotuvga qo‘yildi. Bu haqidagi e'lon “Yula” platformasida joylashtirilgan. 

Foto: youla.ru

Oq rangdagi tashrif qog‘ozida Putinning 1990 yil may oyidan 1991 yil iyun oyigacha egallagan lavozimi – “Leningrad shahar xalq deputatlari kengashi raisining xalqaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi” yozilgan.

Tashrif qog‘ozida, shuningdek, Rossiyaning bo‘lg‘usi prezidenti ishlagan tashkilotning telefon raqami, faksi va manzili ko‘rsatilgan.   

Top