16:12 / 25.04.2019
11945

Qo‘qonda oshxona rahbari va uning turmush o‘rtog‘iga pichoq bilan jarohat yetkazishdi

Illyustrativ foto

2019 yil 19 aprel kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi I.Sh. Shikorbegi ko‘chasida joylashgan “Asl” xususiy oshxonasi oldida o‘zaro janjal oqibatida Munavvar 2-tor ko‘chasida yashovchi, shu oshxona rahbari K.D.ning ko‘krak va o‘ng oyoq boldir qismiga hamda ularni ajratmoqchi bo‘lgan turmush o‘rtog‘i N.D.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada er va xotin kasalxonaga yotqizilganlar. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.Sh. qo‘lga olingan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Top