Rossiyaning Vneshtorgbanki (VTB) Moskvaning «Dinamo» klubini sotib olganini e'lon qildi.
Bitimning ramziy narxi 1 rubl qilib belgilandi.
Biroq, «Dinamo» VTB uchun sariq chaqaga tushgani yo‘q. Klubning tashqi qarzlari 5,3 milliard rublni (taxminan 90 million dollarni) tashkil qiladi. Endi bank uni 8 yil davomida bir amallab to‘lashi yoki restrukturizatsiya qilishiga to‘g‘ri keladi.
Dastlabki qadamda VTB «Dinamo» klubining rahbariyatini o‘zgartirib, o‘z odamlarini tayinladi.
Rossiya Premer-Ligasining bu mavsumda «Dinamo» 12-o‘rinda boryapti. Jamoani quyi ligaga tushib ketish hududidan atigi 2 ochko ajratib turibdi.