12:58 / 02.05.2019
6633

Sport sumkalariga yashirilgan 530 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan mahsulotlar to‘xtatib qolindi

Bojxona xodimlari sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Yaqinda “Sirdaryo” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan fuqarolar Sh.J. va B.R.ga tegishli ikki dona sport sumkalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, sport sumkalari ichida xorijda ishlab chiqarilgan, sifatini kafolatlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 530 million so‘mdan ortiq, jami 1568 quti bioaktiv qo‘shimchalar borligi ma'lum bo‘ldi va ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Top