15:46 / 03.05.2019
7703

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari o‘nlab jangarilarni yo‘q qildi

Foto: AP Photo / Rahmat Gul

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari Bog‘lon viloyatida "Tolibon" harakati jangarilarining hujumini qaytardi, deb xabar berdi "Sinxua" agentligi.

To‘qnashuv natijasida o‘nlab jangarilar o‘ldirilganligi aytilmoqda.

Ma'lumot berilishicha, toliblar Burka uyezdi ustidan nazoratni qo‘lga olish uchun hujum qilishgan.

12 aprel kuni "Tolibon" "Afg‘onistonda bahorgi hujumlar" boshlanganini e'lon qilgandi.

Top