15:05 / 03.05.2019
6617

Xitoyda yovvoyi fillar hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Foto: Global Look Press

Xitoyning Yuannan provinsiyasida yovvoyi fillar hujumi natijasida uch kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi China News axborot agentligi.

Xabar qilinishicha, keyingi sakkiz kun davomida Sishuanbanna-Day avtonom okrugida to‘rt bor yovvoyi fillarning odamlarga hujum qilish holati qayd etilgan. Oqibatda uch kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi jarohatlangan.

Ekspertlar fillarning tez-tez hujum qilishlariga ob-havoning quruq kelishi natijasida fillarga yemish va suv yetishmasligi bilan izohlashmoqda. Fillar yemish izlab suv havzalaridan uzoqqa borishga majbur bo‘lmoqda. Qorni to‘ygan fillar yana suv havzasi yaqiniga qaytishlari kerak bo‘ladi va bundan ular asabiylashadi.

Xitoyda yovvoyi fillar asosan Sishuanbanna uyezdi hamda Yuannan provinsiyasidagi Puer va Linsan shaharlarida yashaydi.

Top