00:47 / 04.05.2019
12412

Braziliya Venesuela uchun pul bosishni to‘xtatdi

Braziliya qo‘shni Venesuela uchun Venesuela bolivarlarini bosishni va eksport qilishni to‘xtatdi. Bu haqda Braziliya zarbxonasiga iqtibos keltirgan holda Folha de S. Paulo nashri xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, Venesuelaga bolivarlarni yetkazish bo‘yicha 2018 yilda imzolangan shartnomaning amal qilish muddati mart oyida tugagan. Ma'lum qilinishicha, shartnoma to‘g‘ridan-to‘g‘ri Venesuela hukumati bilan emas, balki transmilliy kompaniya orqali tuzilgan bo‘lgan. 

2003 yildan boshlab Venesuelada barcha valuta operatsiyalari davlatning qat'iy nazoratida bo‘lgan. Bu esa natijada “qora bozor” kursining o‘rnatilishiga olib kelgan. Ushbu kurs rasmiy kursdan o‘nlab marta farq qiladi.

2018 yil avgustda Venesuela parlamenti valuta ayirboshlash sohasida javobgarlikni bekor qilish haqidagi qonun loyihasini tasdiqlagan. Bu qonun mamlakat ichida xorijiy valuta muomalasiga hamda ayirboshlash punktlarining bozor kursi bo‘yicha ishlashiga imkon bergan.  

Mavzuga oid
Top