10:25 / 04.05.2019
10477

MAN Auto-Uzbekistan Afg‘onistonga texnika eksport qildi

Foto: O‘zavtosanoat

JV MAN Auto-Uzbekistan kompaniyasi Afg‘onistonga birinchi eksportni amalga oshirdi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” xabar bermoqda

Xaridlar bo‘yicha milliy idora Kobul hokimligiga MAN CLA avtosamosvali va MAN CLA suv tashuvchi avtosisternalarni topshirdi va texnikalar allaqachon to‘liq quvvat bilan muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.

Bugungi kunda JV MAN Auto-Uzbekistan MChJ QK Qozog‘iston, Tojikiston, Gruziya, Ozarboyjon, Ukrainaga texnika eksport qilmoqda. Kompaniya amaliy munosabatlarni rivojlantirishda va yetkazib beriladigan mahsulot assortimentini kengaytirishda davom etadi.

JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ QK hozirda O‘zbekiston avtomobil tarmog‘ining eng ustuvor loyihalaridan biri sanaladi. Kompaniyaning asosiy yo‘nalishi O‘zbekiston va qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlari uchun MAN tijoriy yuk mashinalarini ishlab chiqarish va sotishdan iborat.

Top