15:10 / 05.05.2019
4076

Toshkentda havaskorlar o‘rtasida birinchi triatlon musobaqasi o‘tkazildi

Bugun, 5 may kuni «Yoshlik sport» majmuasida O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasi «I Love Supersport» (Toshkent) Xalqaro sport maktabi bilan hamkorlikda havaskor sportchilarni IRONMAN 70.3 Astana musobaqasiga tayyorlash doirasida «Triatlon Sprint» – O‘zbekistonda birinchi bor havaskorlar o‘rtasida triatlon (suzish, velomusobaqa va yugurish) bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Ishtirokchilar suzish (750 m), velomusobaqa (20 km) va yugurishni (5 km) o‘z ichiga olgan masofalarni yengib o‘tishdi.

Ishtirokchilarga O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasi va homiy tashkilotlarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Kun.uz muxbiri ushbu musobaqadan fotoreportaj tayyorladi.

IRONMAN musobaqasi dunyodagi zamonaviy triatlonning rivojlanish asosini tashkil etgani keng e'tirof etiladi. Bugungi kunda triatlon va jumladan, Ironman seriyasining poygasi murakkablik va ommaviy xarakterga egaligi sababli davriy sport turlari orasida «Formula-1» deb ataladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 14 iyulda IRONMAN 70.3 Astana musobaqasida O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi ko‘magi bilan O‘zbekistondan 20 nafarga yaqin havaskor sportchi ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid
Top