08:17 / 06.05.2019
18883

AQSh Eron sohillariga aviatashuvchi kema va bombardimonchilar jo‘natmoqda

Foto: U.S. Navy / MC3 Jeremiah Bartelt

AQSh Eron sohillari tomon aviatashuvchi kema va bombardimonchi samolyotlar jo‘natmoqda hamda Eron AQSh va uning ittifoqdoshlari manfaatiga rahna solsa, unga qarshi kuch ishlatishga tayyor. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton aytib o‘tdi.

“Bir qator xavotirli alomatlar va ogohlantirishlarga javoban AQSh Eron tuzumiga AQSh yoki uning ittifoqdoshlari manfaatlariga har qanday tajovuz qaqshatqich kuch bilan qarshilanishi haqida aniq va bexato signal jo‘natish uchun AQSh markaziy qo‘mondonligi mintaqasida (Yaqin Sharqda) “Avraam Linkoln” aviatashuvchi guruhi va bombardimonchilar tezkor guruhini joylashtirmoqda”, deb aytilgan Bolton bayonotida. 

“AQSh Eron tuzumi bilan urushga intilmayapti, biroq biz xoh Eronning vositachilari, Islom inqilobi soqchilari korpusi yoki Eronning muntazam kuchlari bo‘lsin, har qanday hujumga javob berishga to‘liq tayyormiz”, deyilgan bayonotda.

Eron AQSh tomonidan sanksiyalarning kuchaytirilishiga javoban Hurmuz bo‘g‘ozini to‘sib qo‘yish bilan tahdid qilmoqda.

Mavzuga oid
Top