11:37 / 06.05.2019
19269

O‘zbekistonda dollarning kursi o‘sishda davom etdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 7 maydan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 3,40 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8448,89 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 yevro kursi 47,73 so‘mga oshib, 9462,76 so‘mni tashkil etgan.

1 rubl esa 0,46 so‘mga tushib, 129,81 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Mavzuga oid
Top