12:20 / 07.05.2019
19721

IIV litseylariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: KUN.UZ

Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘quvchilarni tanlash va o‘qishga qabul qilishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish maqsadida qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:

7-banddagi “harbiy” so‘zi chiqarib tashlandi;

14-bandning beshinchi xatboshidagi “harbiy-tibbiy” so‘zlari “tibbiy” so‘zi bilan almashtirildi;

22-bandda:

birinchi xatboshidagi “harbiy” so‘zi chiqarib tashlandi;

ikkinchi va uchinchi xatboshilar kuyidagi tahrirda bayon qilindi:

“Nomzodlar yashash joyi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tadi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha nomzodga tibbiy ma'lumotnoma beriladi”.

Top