15:35 / 07.05.2019
27991

Krasnoyarskda o‘zbek gilosining bir kilogrammi 7,6 dollardan sotilmoqda

Foto: Shutterstock

Krasnoyarskdagi meva-sabzavot do‘konlari hamda supermarketlarda O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos paydo bo‘ldi.

«Prospekt mira» nashri ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos «Krasnyy Yar» do‘konlariga keltirildi. Mahsulot narxi hozir biroz qimmat - bir kilogramm uchun 499 rubldan (7,6 dollar). Aytishlaricha, gilosda «ta'm, rang, hid bor, ammo u konserva uchun mos emas».

«O‘zbekistondan katta miqdorlarda yetkazib berish 25 maydan boshlanadi, o‘shanda narx 250 rublgacha (3,8 dollar) tushishi mumkin», - deyiladi nashr xabarida.

Mavzuga oid
Top