16:15 / 07.05.2019
6444

O‘ziga qarashli yer maydonini sotish bahonasida 5000 dollarga chuv tushirgan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

2019 yil 26 aprel kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi D.X. fuqaro A.X.ning uyi oldida unga yer maydonini 30 000 AQSh dollariga sotishini va nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs aldov yo‘li bilan undan dastlabki to‘lov sifatida 5 000 AQSh dollarini olgan va va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, D.X. qo‘lga olingan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Top