21:10 / 07.05.2019
19744

Trampning reytingi tarixiy maksimumga yetdi

Foto: White House / Globallookpress.com

AQSh prezidenti Donald Trampni ma'qullash reytingi uning prezidentligi vaqtidagi eng yuqori ko‘rsatkich – 46 foizga yetdi. Bunday xulosaga Gellap instituti tadqiqotchilari kelishgan. Ular olib borgan so‘rovnomalar natijalari institut saytida keltirilgan.

17-30 aprel kunlari olib borilgan tadqiqotda 1024 nafar respondent ishtirok etgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatlovchilar orasida Trampning faoliyatini ma'qullovchilar 91 foizni, Demokratik partiya tarafdorlari orasida 12 foizni, ikkala partiyani ham qo‘llab-quvvatlamaydiganlar orasida esa 37 foizni tashkil qilgan.   

Trampning prezidentlik muddati davomida uni ma'qullash o‘rtacha reytingi 40 foizni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich eng past daraja – 35 foizga 2017 yilda tushib ketgan. Trampni qo‘llab-quvvatlash reytingi oxirgi marta rekord daraja – 45 foizga joriy aprel boshida ko‘tarilgan.

Avvalgi prezident Barak Obamaning shu davrdagi qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatkichi 44 foizni tashkil qilgan. Umuman olganda AQSh prezidentlarini o‘rtacha aholining 54 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Tramp ma'qullash reytingi 50 foizdan oshmagan birinchi AQSh yetakchisi bo‘ldi.  

2018 yil fevralda Boise instituti Trampni AQSh tarixidagi eng nomashhur prezident deb atagandi.

Mavzuga oid
Top