21:31 / 08.05.2019
14199

Shahzoda Garri va Megan Markl farzandlari ismini e'lon qilishdi  

Foto: PA Wire / PA Images / TASS

Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl 6 mayda tug‘ilgan ilk farzandlariga Archi Garrison deb ism qo‘yishdi. Chaqaloqning to‘liq ismi Archi Garrison Mauntbetten-Vindzor kabi yangraydi.

Bukmekerlar o‘g‘il chaqaloqqa Albert, Artur yoki Aleksandr deb ism qo‘yilishini prognoz qilishgan. 

Shuningdek, shahzoda va uning rafiqasi 8 may kuni farzandlarini ommaga ko‘rsatishdi.

Chaqaloq 6 may kuni Londondagi Portlend shifoxonasida dunyoga kelgandi. 

Yangi shahzoda Britaniya taxti uchun navbatda bobosi – shahzoda Charlz, amakisi – shahzoda Uilyam, uning farzandlari – shahzoda Jorj, malika Sharlotta va shahzoda Lui hamda otasi – shahzoda Garridan keyin 7-o‘rinni egallaydi.

Top