08:35 / 09.05.2019
2944

O‘zbekiston - Ozarboyjon maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

2019 yilning 6-7 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini inventarizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston-Ozarboyjon vazirliklararo maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Ozarboyjon Respublikasi delegatsiyasiga TIV Xalqaro huquq va shartnomalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rizvan Nabiyev rahbarlik qildi, deyiladi TIV xabarida.

O‘zbekiston va Ozarboyjon tashqi siyosat idoralari vakillari tomonidan amaldagi shartnomaviy-huquqiy asosning hozirgi holati va turli sohalarga tegishli ikki tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlarning xalqaro norma ijodkorligi faoliyatidagi ishtiroki, jumladan xalqaro huquq normalarining jadal rivojlanishi va kodlashuvi masalalari yuzasidan fikr va tajriba almashildi.

Top