00:29 / 10.05.2019
5744

Rojyer Federer faoliyatidagi 1200-g‘alabani qo‘lga kiritdi

Foto: EPA

Ayni vaqtda jahonning uchinchi raqamli tennischisi, shveysariyalik Rojyer Federer Madridda o‘tayotgan musobaqada fransiyalik Gael Monfis ustidan g‘alaba qozonib, chorakfinalga chiqdi. 

Uchrashuv 2 soat 3 daqiqa davom etgan va 6:0, 4:6, 7:6 (7:3) hisobida yakunlangan.

Federer professional faoliyatidagi 1200-g‘alabani qo‘lga kiritdi va bunday natijaga erisha olgan 2-tennischi bo‘ldi.

Federer g‘alabalar soni bo‘yicha faqatgina amerikalik Jimmi Konnorsdan ortda qolmoqda. Amerikalik sobiq tennischi o‘z faoliyati davomida 1274 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan. 

Mavzuga oid
Top