18:17 / 10.05.2019
6307

Tailandda fillarni eksport qilishga ruxsat berildi

Foto: RIA Novosti / Dmitriy Vinogradov

Tailand savdo vazirligi va milliy parklar departamentining qo‘shma buyrug‘i bilan mamlakatdan fillarni hamda "fillar bilan bog‘liq mahsulotlarni" eksport qilishga ruxsat berildi. Bu haqda "Txai Rat" gazetasi xabar qildi.

Buyruqqa muvofiq, ilmiy va diplomatik maqsadlar uchun fillarni hamda "fillar bilan bog‘liq mahsulotlarning" cheklangan eksportiga ruxsat beriladi. Ruxsat mamlakat parlamentiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan fillar eksporti to‘g‘risidagi qonun qabul qilingunicha amal qiladi.

Tailandda 2009 yilda fillarni eksport qilishga taqiq qo‘yilgandi.

XX asr boshlarida Tailandda 100 mingdan ortiq xonaki fil bo‘lgan. Hozirda mamlakat kinosanoati, o‘rmon sanoati va boshqa sohalarda 3,5 mingga yaqin xonaki fillardan foydalaniladi. Yovvoyi fillar soni esa mingtadan oshmaydi.

Mavzuga oid
Top