18:34 / 11.05.2019
20236

Dunyoning eng sovrindor murabbiylari e'lon qilindi

Foto: AFP/Getty Images

Britaniyaning Goal portali dunyoning eng ko‘p sovrin yutib olgan 10 nafar murabbiyi ro‘yxatini tuzdi.

Birinchi o‘rinni «Manchester Yunayted»ning sobiq ustozi Aleks Fergyuson egallab turibdi. U Shotlandiyaning «Aberdin» klubidagi faoliyatini qo‘shib hisoblaganda jami 49ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Ikkinchi o‘rinda ruminiyalik mutaxassis Mircha Luchesku bormoqda. U «Dinamo Buxarest», «Breshia», «Rapid Buxarest», «Galatasaroy», «Shaxtyor» va «Zenit» klublari bilan 32ta sovrinni yutib olgan.

Kuchli uchlikni ukrainalik murabbiy Valeriy Lobanovskiy yakunlab bermoqda. U barcha 30ta sovrinini «Dinamo Kiyev» klubi bilan qo‘lga kiritgan.

Reytingning qolgan o‘rinlarini Ottmar Xitsfeld (28), Luis Felipe Skolari (26), Jok Steyn (26), Joze Mourino (25), Xosep Gvardiola (25), Jovanni Trapatonni (23) va Arsen Venger (21) egallab turibdi.

M

Mavzuga oid
Top