13:44 / 11.05.2019
58026

Prezident tashrifidan so‘ng Uchtepa hokimi va ikki sektor rahbari ishdan olindi

Toshkent shahrining Uchtepa tumani hokimi Shuhrat Atamuhamedov va ikki sektor rahbari (IIB va soliq) lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

10 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanida bo‘lib, tuman rahbarlari, mahallalar raislari, ziyolilar, mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Hokim va tumanning boshqa rahbarlari davlat rahbarining ushbu tumanga tashrifi yakunlariga ko‘ra ishdan olindi.

Eslatib o‘tamiz, Shuhrat Maxamadnazimovich Atamuhamedov 2018 yilning 12 may kuni Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlangandi

Shuhrat Maxamadnazimovich Atamuxamedov

Tuman hokimi va ikki sektor rahbari lavozimlari hozircha bo‘sh turibdi.

Bundan oldinroq, qurilish vaziri Abduqahhor To‘xtayev Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top