12:00 / 13.05.2019
11016

Avtomobil davlat raqamini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Andijon tumanida 2018 yil 28 iyul kuni tuman prokuraturasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil 24 oktabr kuni noma'lum shaxs Tolmazor mahalla hududida qarovsiz qoldirilgan Asaka tumani Do‘rmon mahallasida yashovchi 39 yoshli B.J.ning boshqaruvida bo‘lgan “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasini old va orqa tomon davlat raqam belgilarini yechib olib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon shahar Xursandlik ko‘chasida yashovchi 35 yoshli O‘.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Top