22:28 / 14.05.2019
8958

Lenovo dunyodagi ilk bukiluvchi kompyuter prototipini taqdim qildi (video)

Xitoyning Lenovo kompaniyasi dunyodagi ilk bukiluvchi kompyuter prototipini taqdim qildi. Ushbu qurilmaning tijoriy versiyasi 2020 yilda chiqarilishi mumkin.

The Verge jurnalistining xabar berishicha, prototip o‘zidan ekrani diagonali 13,3 dyuymli, o‘rtasidan bukiluvchi planshetni aks ettiradi. Qurilmadan planshet hamda simsiz klaviatura ulab, kompyuter yoki o‘rtasidan bukib noutbuk sifatida foydalanish mumkin. Noutbuk holatida ekranning bir qismini virtual klaviaturaga aylantirish mumkin.

Kompaniya antiqa qurilmaning aksariyat ko‘rsatkichlarini oshkor qilmagan, namoyish qilingan prototip esa yakuniy versiyasidan hali ancha uzoq. Shunisi ma'lumki, gadjet Windows 10 operatsion tizimi ostida ishlaydi va Intel protsessori bilan jihozlangan.

Joriy yil boshida Huawei kompaniyasi yaqin orada savdo chiqariladigan, bukiluvchi smartfon Mate X’ni taqdim qilgandi. Shuningdek, Samsung ham o‘zining bukiluvchi ekranga ega Galaxy Fold smartfonini taqdim qilgandi. Ushbu qurilma aprelda savdoga chiqarilishi kerak edi, biroq sinov namunalarida aniqlangan kamchiliklar sababli savdosi keyinga qoldirilgan. Lenovo o‘zining bukiluvchi kompyuterining savdoga chiqariluvchi versiyasida Samsung tajribasini hisobga olishga va'da bergan.

Mavzuga oid
Top