13:45 / 14.05.2019
6565

O‘zbekistonda ishlash: keluvchi va taklif qiluvchilar uchun davlat xizmatlari

Foto: Shutterstock

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi YaIDXPda 3 ta yangi interaktiv davlat xizmatini ishga tushirdi, deb yozmoqda Norma.
 
Ularning barchasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2019 yildagi «O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 244-son qaroriga muvofiq taqdim etiladi.
 
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomani olish.
 
Xizmat ERIga ega bo‘lgan barcha shaxslarga yarim avtomatik rejimda taqdim etiladi.
 
Arizani ko‘rib chiqqanlik uchun 1 EKIH miqdorida yig‘im undiriladi.

Ish beruvchi ijobiy qaror qabul qilingani to‘g‘risida xabar kelganidan keyin 5 ish kuni ichida tasdiqnoma berish uchun kuyidagi miqdorlarda yig‘im to‘laydi:

• yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek, Prezident maktablari va oliy o‘quv yurtlarida ishlash uchun jalb etilayotgan o‘qituvchilar va mutaxassislar uchun – 1 EKIH (hujjatning davlat tilidagi versiyasiga asosan – 2 EKIH);
• malakali mutaxassislar uchun – 2 EKIH;
• vatandoshlar uchun – 2 EKIH;
• boshqa chet el fuqarolari uchun – 30 EKIH.
 
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnoma muddatini uzaytirish.
 
Ushbu xizmatdan foydalanish uchun qo‘yilgan talablar birinchisiga aynan o‘xshash.
 
3. O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilishga olingan ruxsatnomaning muddatini uzaytirishga ariza yuborish.
 
Ushbu xizmat ham ERIga ega bo‘lgan barcha shaxslarga yarim avtomatik rejimda taqdim etiladi.
 
Arizani ko‘rib chiqqanlik uchun 1 EKIH miqdorida yig‘im undiriladi. Ish beruvchi ijobiy qaror qabul qilingani to‘g‘risida xabar kelganidan keyin 5 ish kuni ichida ruxsatnoma berganlik uchun 50 EKIH miqdorida yig‘im to‘laydi.

Top