09:00 / 15.05.2019
16862
Reklama

«Tashkent City»da qulay hayot va biznes uchun 110 000 m² majmua

Dream City Development kompaniyasining zamonaviy «Boulevard» turar-joy majmuasi «Tashkent City» xalqaro ishbilarmonlik markazi - O‘zbekistondagi eng ulkan qurilish loyihasining  hududida joylashgan.

Toshkentning qoq markazidagi 11 gektarlik ulkan hududda bunyod etilayotgan «Boulevard» butunlay mustaqil va avtonom hududdir. U haqiqiy «shahar ichidagi shaharcha» bo‘lib, unda Yevropa standartlariga mos qulay hayot, sharqona bag‘rikenglik va fayz mujassam. Demak, bu yerdagi hayot uslubi dunyoning mashhur poytaxtlaridan qolishmaydi. 

Xushmanzara xiyobonlar, nafis arxitektura va Barselona shahri kvartallariga o‘xshash  binolar Yevropa poytaxtining o‘ziga xos shinamligini yaratadi. Uning asosi bo‘lib esa, unikal muhit va binolar infratuzilmasi xizmat qiladi. Bu yerdagi infratuzilma ko‘chmas mulkning bo‘lajak egalari uchun maksimal darajada qulay va shinam bo‘lishi maqsadida, puxta o‘ylab, ishlangan.

3000 dan ortiq o‘ringa ega ulkan yer ustidagi va yerosti avtoturargohi har qaysi avtoulov egasini shaxsiy, qo‘riqlanuvchi joy bilan ta'minlaydi.

Tomlarida terrasalari bo‘lgan, eng yuqori darajali apartamentlar, yashil hudud, bolalar o‘yingohlari va «ikki qadam naridagi» ulkan shoping-avenyu qulaylik, shinamlik, funksionallik va sifat haqidagi odatiy tasavvurlaringizni o‘zgartirib yuborishi aniq.  

Hashamatli bulvarda sayr qilish, oilangiz bilan, ochiq havodagi obod va shinam joylarda vaqt o‘tkazish, bir piyola choy yoki qahva ustida yangiliklarni muhokama qilish, butikdan yangi kostyumni sotib olib, shu kiyimning o‘zida, o‘zingiz yashaydigan uyning yonidagi restoranga uchrashuvga borish… Bu yerda kunlaringiz yoqimli va xotirjam o‘tadi.

Shoping-avenyu ko‘chalari va maydonlari «Boulevard»ning asosiy jamoat joylaridir. Bu yerda butun «Tashkent City» aholisi va mehmonlari, ya'ni qiziqishlari va hayot tarzi turlicha bo‘lgan insonlar vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari mumkin. 

Ulkan miqyosdagi, «Boulevard» shoping-avneyusi qurilishi – O‘zbekiston tijoriy mulki bozori rivojlanishining yangi bosqichi. Bu kabi tijoriy ko‘chmas mulk borasidagi dunyoning eng ilg‘or tajribasi majmua hududining 21500 kvadrat metrida tatbiq etilgan. Maydoni turlicha bo‘lgan, astoydil loyihalashtirilgan 155 bino o‘z ichiga quyidagilarni oladi: muhtasham brend kiyim butiklari, shinam kafe va restoranlar, keng shou-rumlar, banklar, supermarketlar va boshqa, shu kabilar. 

«Boulevard» tijoriy hududi poytaxtning shiddat bilan rivojlanayotgan, nufuzli tumanida bunyod etildi va sotuvga qo‘yildi. Bu yer minglab aholini, shuningdek, butun «Tashkent City»dan keluvchi, millionlab turistlarni o‘ziga jalb qiluvchi joyga aylanishi kutilmoqda. Tengi yo‘q, «Boulevard» shoping-avenyusi shaharning qoq markazida muvaffaqiyatli biznes yuritishingiz uchun, sizga cheksiz imkoniyatlar beradi. 

«Boulevard» loyihasida, qurilishning klassik va Yevropa uslublari, shuningdek nozik va latofatli sharqona uslub birlashgan. Turar-joy binolarining loyihasini yaratishda, Ispaniya va Italiyaning gavjum kvartallaridan ilhomlanganmiz. U yerda har bir turar-joy blokining deyarli yopiq, ichki hovlisi bor.

Majmua rezidentlari foydalanishi uchun, har bir hovlida zamonaviy va xavfsiz bolalar o‘yingohi, keng va ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar, maxsus jihozlangan dam olish hududi mavjud. Majmua infratuzilmasi puxta o‘ylangani va katta yerosti avtoturargoh mavjudligi sababli, ichki hovlilar mashinalar bilan band bo‘lmaydi.   

Turar-joy bloklariga kirish joylari kechasi-yu kunduzi qo‘riqlanadi. Shu sababli, begonalar bezovta qilishi sizni tashvishlantirmaydi. Demak, hududning ishonchli himoyasi ta'minlanadi. 

Shinam ochiq balkonlari va go‘zal terrasalari bo‘lgan apartamentlar muhtasham «Tashkent City» parkidan ikki qadam narida joylashgani, shak-shubhasiz, afzallikdir. Bu park ulkan jamoat joyi bo‘lib, uning 18 gektar maydonida unikal landshaft yaratilgan. Bu yer minglab va millionlab insonlarni o‘ziga tortuvchi joy bo‘lib, o‘z hududida dam olish va vaqtichog‘lik uchun keng turdagi xizmatlarni taklif etadi. Bularga O‘zbekistondagi birinchi «Fly-teatr», planetariy, festivallar maydoni va boshqalar kiradi.

«Boulevard»da yashash – sevimli poytaxtimizning yuragida yashash demakdir. Uning dabdabasidan ilhomlanib, hashamatli manzaralaridan bahra olib yashash va har kuni Toshkentning eng muhim voqea-xodisalari markazida uyg‘onish demakdir.

Yagona ma'lumot markazi: (+998) 71 202-22-22

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, «Tashkent City» XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan A.Navoiy prospektiga qayrilish joyi.

Sotuv ofisining ish jadvali: 9:00 dan 19:00 gacha, dam olish kunlarisiz.

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top