10:47 / 17.05.2019
5783

Davstatqo‘m: O‘zbekiston elektr energiyasi ishlab chiqarishni 5,4 foizga oshirdi

Foto: KUN.UZ

2019 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston elektr energiyasi ishlab chiqarishni 2018 yilning shu davriga nisbatan 5,4 foizga oshirdi.

Hisobot davrida, O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat korxonalari qariyb 22,05 mlrd KVt/s. elektr energiyasi ishlab chiqardi.

Shuningdek, yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 11,7 mln Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi, bu esa 2018 yilning shu davriga nisbatan 3,4 foizga kamdir.

Top