22:23 / 17.05.2019
32821

Imomali Rahmon Afg‘oniston shimoliga katta sonda terrorchilar tashlanayotganini aytdi

Afg‘oniston shimoliga terrorchilik guruhlari, jumladan IShID jangarilarining katta guruhlari tashlanmoqda. Bu haqda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon aytib o‘tdi. 

“Bu terrorchilarning maqsadi mintaqadagi vaziyatni izdan chiqarish hisoblanadi. Men 2008 yildayoq Afg‘oniston atrofida “xavfsizlik kamari” yaratish zarurligi haqida gapirgandim, biroq ko‘plab g‘arb diplomatlari Afg‘oniston muammosi Markaziy Osiyo muammosi ekanligini aytishgan”, deb ta'kidlab o‘tdi Rahmon Dushanbeda 17 mayda terrorchilikka qarshi xalqaro va mintaqaviy hamkorlikka bag‘ishlangan anjumanning ochilishi vaqtida. 

Tojikiston prezidentining aytishicha, jahon hamjamiyati Afg‘oniston muammosiga e'tibor qaratishi lozim.

“Terrorchilarni o‘ziniki yoki o‘zganikiga, yaxshi-yomonga ajratish mumkinmas. Ularning millati, vatani yo‘q, ular birorta dinga bo‘ysunmaydi. So‘zlardan ishga o‘tish lozim. Biz ko‘plab anjumanlar va seminarlar o‘tkazamiz, chiroyli so‘zlar aytamiz, yaxshi bayonotlar qabul qilamiz, biroq amaliyotda hammasi quruq so‘zlar bo‘lib qolmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Rahmon.

Top