17:40 / 18.05.2019
15727

O‘zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodaringizga ham ravo ko‘ring

“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Islomda birodarlik”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni O‘zbekiston musulmonlari idorasi kotibiyati mudiri Muhammadayubxon Hamidov sharhlab berdi.

Video: Youtube

 Video: Mover (Tas-IX)

Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qiladi:

“Rasululloh alayhissalotu vassallom aytadilar: “Sizlarning biringiz haqiqiy iymonga erisha olmaydi, toki o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodari uchun yaxshi ko‘rmaguncha”.

Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati.

Bu hadis nafaqat musulmon jamiyatini, balki butun insoniy jamiyat odobini, axloqini, o‘zaro munosabatini eng go‘zal shaklda shakllantirib beradigan, tartibga solib beradigan axloqlarni o‘z ichiga jamlagan hadislardan biridir. 

Ushbu hadisdan olinadigan bir qancha xulosalar bor. Inson odatda tabiatan yaratilishda o‘zining manfaati uchun urinishga, harakat qilishga moyil qilib yaratilgan. Shu e'tibordan ishga boradi, harakat qiladi, safar qiladi, qiyinchiliklarga uchraydi. Endi mana shu manfaat uchun, o‘zining foydasi uchun harakat qilishda dinimiz ma'lum bir mezonlarni belgilab bergan. Manfaat deb jinoyatga qo‘l urish, harom narsalarni kasb qilish, birovning haqini yeyish mumkin emas.

Inson o‘ziga savol berishi kerak: “Men o‘zim uchun nimalarni foydali deb bildim?” Avvalo, moddiy narsadan kelib chiqmasligimiz kerak. Ma'naviy nuqtadan kelib chiqaylik. Masalan, barcha o‘zini ilmli, axloqi yuqori, o‘zgalardan ma'naviy ustun bo‘lishini istaydi. Ana shu o‘zi uchun istagan narsani atrofdagi musulmon birodarlariga ham istasa, o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rgan bo‘ladi. Ikkinchi ma'noda moddiy manfaatlar ham turadi.

Mavzuga oid
Top