10:32 / 18.05.2019
18670

Samarqandda sodir etilgan yirik o‘g‘rilik fosh etildi 

Samarqand viloyatining Narpay tumanida joriy yil 10 may kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi, 55 yoshli I.B. ismli ayol IIBga murojaat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u shu yil 23 aprel kunidan 7 may kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs Oqtosh shahri Yangiyer ko‘chasidagi uyiga hech kim yo‘qligidan foydalanib kirib, u yerdan umumiy qiymati 45 mln. so‘m bo‘lgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechaklari va “Philips” dazmolini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyatining Narpay tumani Guliston mahallasida yashovchi, 47 yoshli R.K. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top