12:05 / 19.05.2019
17440

FSB polkovniklaridan musodara qilingan 12 mlrd rubl videosi e'lon qilindi

Dmitriy Frolov (Foto: Andrey Lyubimov / RBK )

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining iqtisodiy xavfsizlik xizmatining “K” boshqarmasi bank bo‘limi polkovniklari Kirill Cherkalin va Dmitriy Frolov hamda ularning qo‘l ostidagi Andrey Vasilevning tintuv qilinishi natijalari videolavhalari ReN TV telekanali tomonidan e'lon qilindi.  

Videoda ulardan musodara qilingan pullar bilan liq to‘la 10 tadan ko‘proq sumka va paketlar tasvirlangan. Video oxirida 100 dollarlik kupyuralar pachkalari solingan qutini ko‘rish mumkin. 

Ushbu videoni e'lon qilgan yana bir axborot agentligi – “Rosbalt” bu pullarning barchasi birgina Cherkalindan olinganini ma'lum qilgan. Musodara qilingan summa rekord summa bo‘lib, Rossiya ichki ishlar vazirligining korrupsiyaga qarshi boshqarmasi polkovnigi Dmitriy Zaxarchenkodan olingan puldan (8,5 mlrd rubl) ko‘proqni tashkil qiladi. 

Frolov, Cherkalin va Vasilev aprel oxirida qo‘lga olingan. Cherkalinga pora beruvchi shaxs va tijoriy tuzilmalar foydasiga “harakatlar sodir etish yoki sodir etmaslik” uchun 850 ming dollar pora olish ayblovi qo‘yilgan. Frolov va Vasilev firibgarlikda ayblanmoqdalar. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, ular 2011 yilda tadbirkor Sergey Glyadelkinga jinoiy javobgarlikka tortish bilan po‘pisa qilib, undan 490 mln rubl olishgan.

Frolov va Vasilevning ishini tergov qo‘mitasi bosh tergov boshqarmasi olib bormoqda, Cherkalinning ishi bilan harbiy tergovchilar shug‘ullanmoqda.

Mavzuga oid
Top