20:08 / 20.05.2019
56660

Dunyoning aholisi eng katta maosh oluvchi shahri ma'lum qilindi

Foto: politeka.net

Ekspertlar dunyoning aholisi eng katta maosh oluvchi shaharlarini ma'lum qilishdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi Deutsche Bank o‘tkazgan tadqiqotga tayanib xabar berdi. 

Reytingning 1-o‘rnini birinchi marta San-Fransisko egalladi. Ushbu shaharda o‘rtacha oylik soliqlar chegirilgandan keyin 6,52 ming dollarni tashkil qiladi. 

2-o‘rinni avvalgi yetakchi Tsyurix egallagan, bu yerda o‘rtacha oylik 6,1 ming dollarni tashkil qilar ekan.

3-o‘rinni 4,6 ming dollarlik o‘rtacha oylik bilan Nyu-York, 4-o‘rinni Boston (4,28 ming dollar), 5-o‘rinni Chikago (4,06 ming dollar) egallagan.

Yetakchi o‘ntalikdan London, Sidney, Oslo, Kopengagen va Melburn ham o‘rin olgan.

Mavzuga oid
Top