18:22 / 20.05.2019
8861

Zelenskiy prezident lavozimidagi birinchi vazifasi Donbassdagi urushni to‘xtatish ekanligini aytdi

Foto: Petr Sivkov/TASS

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy davlat rahbari sifatidagi birinchi o‘rindagi vazifasi Donbassdagi urushni to‘xtatish ekanligini aytdi.

"Bizning birinchi navbatdagi vazifamiz Donbassdagi o‘t ochishni to‘xtatish. Mendan tez-tez o‘t ochishni to‘xtatish uchun nimalarga tayyorligim haqida so‘rashgan. G‘alati savol siz, ukrainaliklar, yaqin insonlaringiz hayoti uchun nimalarga tayyorsiz? Qahramonlarimiz boshqa halok bo‘lmasliklari uchun men hamma narsaga tayyorman", dedi Zelenskiy ukrain xalqiga murojaatida.

U shuningdek, Donbassdagi urushni to‘xtatish uchun muloqotga tayyorligini bildirdi.

"Men muloqotga tayyorman, lekin muloqot uchun birinchi qadam barcha ukrainalik asirlarning qaytarilishi bo‘ladi", - dedi u.

Avvalroq Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsak va Ukraina mudofaa vaziri Stepan Poltorak Vladimir Zelenskiy qasamyod qilib prezidentlikka kirishganidan keyin iste'foga chiqishgandi.

Mavzu
Ukrainada prezidentlik saylovlari
2019 yilning 31 martida Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. Saylovda ishtirok etish uchun 44 nomzod, shu jumladan mamlakatning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko hujjat topshirgan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top