15:20 / 20.05.2019
20831

Zelenskiyning nutqidan so‘ng Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari va Mudofaa vaziri iste'foga chiqdi

Foto: AP/TASS

Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsak va Ukraina mudofaa vaziri Stepan Poltorak mamlakatning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy qasamyod qilib lavozimga kirishganidan keyin iste'foga chiqishdi.

Zelenskiy inauguratsiya marosimidagi nutqida Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari, Ukraina mudofaa vaziri va Ukraina bosh prokuroriga, shuningdek, Ukraina hukumati a'zolariga iste'foga chiqishni taklif etgan, Ukraina parlamenti (Oliy rada) tarqatib yuborilishini, deputatlarning daxlsizlik huquqi bekor bo‘lishini ma'lum qilgandi.

Hozircha Ukraina bosh prokurori Yuriy Litsenko iste'fo bermadi.

Mavzu
Ukrainada prezidentlik saylovlari
2019 yilning 31 martida Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. Saylovda ishtirok etish uchun 44 nomzod, shu jumladan mamlakatning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko hujjat topshirgan.
Barchasi
Top