01:27 / 21.05.2019
6186

Isroil va HAMAS yarim yilga yarashuv sulhi tuzdi

Foto: Reuters

Isroil va G‘azo sektorini nazorat qiluvchi Falastinning HAMAS harakati yarim yilga yarashuv haqida kelishib oldi. Bu haqda The Times of Israel nashri xabar berdi. 

Ikki tomon ham o‘z shartlarini qo‘ygan. Falastinliklar G‘azo sektori va Isroil chegarasidagi tartibsizliklarni to‘xtatishga va chegara bo‘ylab 300 metrlik bufer hududga rioya qilishga va'da berishgan. 

Isroil bunga javoban G‘azo sektorida falastinlik baliqchilar uchun baliq ovlash hududini kengaytiradi va sektorga dori-darmon olib kirilishiga ruxsat beradi.

May boshida Isroil va Falastin Misr vositachiligida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishgani ma'lum qilingandi.

Isroil va Falastin o‘rtasidagi munosabatlar may boshida keskinlashgan. 4 maydan 6 maygacha falastinlik jangarilar Isroilga 450 taga yaqin raketa otgan, Isroil aviatsiyasi bunga javoban XAMASning G‘azodagi 200dan ko‘proq obektiga hujum qilgan. 

XAMAS 2007 yil iyulda FATH harakati bilan harbiy ixtilof davomida G‘azo ustidan nazoratni qo‘lga kiritgan.

Top