16:34 / 23.05.2019
6086

Gulistonda chaqalog‘ini 2 mln so‘mga sotayotgan ayol va uning opasi qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Gulistonda chaqalog‘ini 2 mln so‘mga sotayotgan ayol va uning opasi qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, shu yil 15 may kuni soat 12:05larda Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yashovchi 24 yoshli A.B. ismli ayol birga yashovchi opasi 30 yoshli L.B. bilan birga 2019 yil 13 may kuni tug‘ilgan qizini Sayqal mahallasida 2 000 000 so‘mga sotayotgan vaqtlarida viloyat ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Mavzuga oid
Top