09:49 / 23.05.2019
18784

O‘zbekistonda «yo‘l solig‘i» bekor qilinganmi?

Foto: KUN.UZ

2018 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va majburiy ajratmalar» mavjud bo‘lgan va ular O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-454-son qonuniga asosan bekor qilingan.

DSQ xabariga ko‘ra, soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan boshlab, boshqa majburiy to‘lovlar jumlasiga kiruvchi «Avtotransport yig‘imlari» joriy etildi. Ushbu yig‘imlar:

avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun;

chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun undiriladi.

Top