20:22 / 25.05.2019
7417

Mudofaa vazirligi barchani birinchi ratsionalizatorlik ishlari festivaliga taklif etmoqda

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 25 may kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnik va ratsionalizatorlik ishlanmalarini kiritish maqsadida “TECHNO DISCOVERY-2019” festivali o‘z ishini boshladi.

“Hech bir ijobiy g‘oya e'tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur festivalda 300 ga yaqin ishtirokchi harbiy texnika va qurol-aslahalarning taktik-texnik xususiyatlarini takomillashtirish, sohaga innovatsion yondashuvlarni qo‘llash takliflari bilan qatnashmoqda. Shuningdek, festivalda boshqa vazirlik va idoralar xodimlari loyihalari bilan ishtirok etmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tadbirning asosiy qismi ertaga, 26 may kuni Toshkent harbiy okrugining “Chirchiq” poligonida soat 10.00da boshlanadi. 

Festival doirasida ko‘ngilochar tadbirlar, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari hamda konsert dasturi namoyish etiladi. 

Nazvaniye
Nazvaniye
Mavzuga oid
Top