14:24 / 25.05.2019
14173

Tramp Yaponiyaga bordi. U tashrif davomida Abe bilan golf o‘ynaydi

Foto: EVAN VUCCI/AP

AQSh prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga bordi. AQSh yetakchisining rasmiy tashrifi 28 maygacha cho‘ziladi. Bu AQSh prezidentlarining 1992 yildan buyon  amalga oshirgan eng uzun davom etgan taklifi bo‘ladi.

Tramp rasmiy tashrif davomida bosh vazir Sindzo Abe va imperator Naruxito bilan uchrashadi. Shuningdek AQSh yetakchisining Yaponiya biznes vakillari bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan. Trampning xavfsizligini ta'minlash uchun 25 ming politsiyachi jalb qilingan.

Imperator saroyi, bosh vazir rezidensiyasi ham qattiq qo‘riqlanadi. Bu hududlar va Tokiodagi Xaneda aeroporti atrofida axlat tashlash idishlaridan foydalanish vaqtincha cheklangan. Tokio politsiyasi tezkor yo‘llarda harakat cheklanishi mumkinligidan ogohlantirgan.

AQSh prezidenti tashrifi davomida «Kaga» aviatashuvchi kemasiga chiqishi ham mo‘ljallangan. Shuningdek Tramp Yaponiya yetakchisi Sindzo Abe bilan golf o‘ynashni reja qilgan.

Mavzuga oid
Top