13:36 / 26.05.2019
13231

Turkiyalik mashhur oshpaz Nusret Gyokche Kann festivalida taqdirlandi

Jahonga mashhur turkiyalik restorator Nusret Gyokche 72-sonli Kann festivalida “Dunyoning eng yaxshi blogeri” sovrini bilan taqdirlandi. Bu haqda Sabah nashri xabar berdi. 

Foto: Instagram /nusr_et

Ta'kidlanishicha, ushbu yo‘nalish bo‘yicha bosh mukofotga 22 kishi da'vogarlik qilgan. 

Gyokche nafaqat mukofot olgani bilan matbuotni jalb qilgan, balki qizil gilamchada unga mashhurlik keltirgan “tuz sepish” harakatini namoyish qilgan.

Gekche butun dunyoga go‘shtga antiqa tuz sepish usuli bilan tanilib ketgan. Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchisi va bloger hisoblanadi, uning sahifalariga 22 mlndan ko‘proq kishi obuna bo‘lgan. Restorator Turkiya, AQSh va BAAda restoranlar tarmog‘iga ega.

 

Mavzuga oid
Top