12:45 / 27.05.2019
4876

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: tabiiy monopoliya xizmatlari bo‘yicha iste'molchi manfaati himoya qilindi

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Iste'molchilarga tabiiy monopoliya sub'yektlari tomonidan ortiqcha qarzdorlik hisoblanganligi to‘g‘risidagi fuqarolarning murojaatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida tabiiy monopoliya sub'yektlari tomonidan 2 ta holatda tabiiy gaz, 1 ta holatda ichimlik suvi va 2 ta holatda issiqlik ta'minoti xizmatlari bo‘yicha iste'molchilarga 6,5 mln so‘m ortiqcha qarzdorlik hisoblanganligi aniqlanib, mazkur mablag‘lar iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi hamda ularning manfaatlari himoya qilindi.

Shuningdek, o‘tkazilgan o‘rganishlarda iste'molchilarning asosli e'tirozlariga sabab bo‘layotgan holatlar yuzasidan tabiiy monopoliya sub'yektlariga kelgusida yuqoridagi qonunchilik talablariga rioya etilishi aks xolda qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi. 

“Agar Sizga tabiiy monopoliya sub'yektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarda ortiqcha qarzdorlik hisoblash holatlari tufayli manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yoki uning hududiy boshqarmalariga murojaat qilishingiz mumkin”, - deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati xabarida.

Top