14:18 / 28.05.2019
5368

“O‘zagrosug‘urta” AJ va “O‘zbekiston pochtasi” AJ o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaytirilmoqda

“O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan sug‘urta faoliyatini takomillashtirish, sug‘urta bozoridagi o‘rnini mustahkamlash uchun bir qator ishlar amalga oshirilib, bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan va hamkorlik memorandumlari imzolangan.

“O‘zagrosug‘urta”AJ va “O‘zbekiston pochtasi” AJ bilan ham ikki tomonlama bitim tuzilgan bo‘lib, hamkorlikning amaliy davomi sifatida bugun “O‘zagrosug‘urta" AJ "O‘zbekiston pochtasi" AJ bilan sug‘urta sohasida Bosh agentlik shartnomasini imzoladi.

Shartnoma "O‘zagrosug‘urta" AJning sug‘urta mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasi tarmoqlari orqali sotishini nazarda tutadi. Sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish hajmini kengaytirish, aholiga sug‘urta mahsulotlarini qulay tarzda taqdim etish maqsadida amalga oshirilgan bu loyiha orqali respublikamizning eng chekka hududlariga ham yetib borish va aholi uchun sug‘urta xizmatlarini yanada kengroq miqyosda taqdim qilish imkoniyati yaratiladi. Xususan, ushbu loyiha doirasida respublika fuqarolari transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi polisiga ega bo‘lishlari mumkin.

Shuningdek, "O‘zagrosug‘urta" AJ pochta aloqasi tarmog‘i orqali Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketayotgan migrantlar uchun sug‘urta polislari liniyasini sotib olishni taklif qiladi. Ushbu sug‘urta mahsulotlari liniyasi mehnat muhojirlari uchun Rossiya Federatsiyasi hududida 1 oydan 1 yilgacha yuqori sifatli va vaqtida ko‘rsatiladigan tibbiy yordamni o‘z ichiga oladi. "Patent+" ixtisoslashtirilgan sug‘urta mahsuloti muhojirlarga mablag‘larini tejagan holda Rossiya Federatsiyasi hududida ishlash uchun zarur bo‘lgan mehnat patentini olishiga zamin yaratadi.

Reklama huquqi asosida

Top