12:24 / 28.05.2019
16500

Sergey Shoygu Dushanbega keldi. Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini yangi qurollar bilan ta'minlamoqchi

Foto: RIA Novosti/Sergey Guneyev

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Dushanbega keldi, u bu yerda 28 may kuni Tojikiston rahbariyati bilan respublika qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish va 201-Rossiya harbiy bazasi ishi bo‘yicha muzokaralar olib boradi. Bu haqda Rossiya harbiy idorasi matbuot xizmati rahbari RIA Novosti’ga xabar qildi.

«Bu masalalarni bugun respublika mudofaa vaziri Mirzo Sherali bilan muhokama qilish rejalashtirilmoqda», - dedi matbuot xizmati rahbari.

Rejaga ko‘ra, Rossiya mudofaa vaziri Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tomonidan qabul qilinadi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi matbuot kotibi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida «Tojikiston armiyasini modernizatsiya qilish muammolari, shuningdek, respublikada joylashtirilgan Rossiya harbiy bazasining faoliyati bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi».

«Muzokaralarning asosiy mavzusi - mamlakatda joylashtirilgan Rossiya harbiy bazasini yangi turdagi qurollar bilan ta'minlash, shuningdek, Tojikiston armiyasini modernizatsiya qilish», - dedi u.

Top