AQSh prezidenti Donald Tramp agarda Eron muzokara o‘tkazishni istasa, buning uchun ochiq ekanligini bildirdi.
"Agar ular gaplashmoqchi bo‘lishsa, shayman", - dedi u jurnalistlarga.
Avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ham agarda Vashington Tehrondan sanksiyalarni olib tashlasa, muloqot bo‘lishi mumkinligini istisno etmagandi.
2018 yilda Donald Tramp AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini e'lon qildi va Tehronga qarshi sanksiyalarni takroran joriy etdi.