16:09 / 31.05.2019
4338

Statistika qo‘mitasi: «2018 yilda energiya manbalari eksport tovarlari ichida yetakchi bo‘ldi»

2018 yil yakunlariga ko‘ra, energiya manbalari va neft mahsulotlarining eksport hajmi 65,9 foizga o‘sib, boshqa tovar eksportlari ichida yetakchilik qilgan. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan «O‘zbekistonda tashqi savdo statistikasini shakllantirish tartibi» mavzusidagi matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Ma'lum qilinishicha, 2018 yil yakuniga ko‘ra respublika tashqi savdo aylanmasi (mamlakatning muayyan davrdagi eksport va import qiymatlari yig‘indisi) o‘tgan yilgiga nisbatan 25,8 foizga oshib, 33,4 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bunda eksport hajmi 13,9 mln AQSh dollar (o‘sish sur'ati 11,4 foiz), import hajmi 19,4 mln AQSh dollar (o‘sish sur'ati 38,7 foiz)ga teng.

Eksport tovarlarinining asosiy qismini energiya manbalari (19,1 foiz), import tovarlarining asosiy qismini esa mashina va asbob-uskunalar (43,4 foiz) tashkil etmoqda. 

2019 yil yanvar-aprel oyida esa eksport hajmi 5,2 mln AQSh dollariga tengligi qayd etildi. Bunda ham asosiy eksport tovari sifatida energiya manbalari va neft mahsulotlari (18,7 foiz) bo‘lib qolmoqda. Joriy yil yanvar-aprel oyidagi import hajmi esa 7,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (44 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga oid
Top