07:50 / 31.05.2019
31179

Toshkentda navbatdagi avtomobil yonib ketdi. Bu safar Mercedes-Benz

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 30 may kuni soat 10:16da Toshkent shahar YoXB kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Chilonzor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi 7-uy oldida Mercedes-Benz rusumli yengil avtomashinasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar berilgan.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborilgan. 

Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 7 daqiqada yetib borganda avtomashinaning motor qismi yonib zararlangani va yong‘in haydovchi hamda yo‘lovchilar tomonidan o‘chirilganligi ma'lum bo‘lgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. 

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Yong‘inni sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Bundan oldin, Toshkentda «Gazel» yuk avtomashinasi yonib ketgandi.

Mavzu
Faralar mojarosi
2019 yil 9 apreldagi hukumat qarori bilan, kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi belgilandi. Jamoatchilik e’tirozi ortidan mazkur talab avvaliga 2021 yil 1 yanvarga surildi, so‘ng bekor qilindi.
Barchasi
Top