17:56 / 01.06.2019
10052

Kongo prezidentining otasi o‘limidan ikki yil o‘tib tantanali ravishda dafn qilinmoqda

 Kongo Demokratik Respublikasida prezident Feliks Chisekedining otasi, mashhur muxolif Eten Chisekedini o‘limidan ikki yil o‘tib dafn qilishga qaror qilishdi. Bu haqda VVS xabar bermoqda.

Katta Chisekedi 84 yoshida Belgiyada vafot etgan va shundan buyon uning jasadi dafn byurosida saqlanib kelgan. 30 may kuni uni Kongoga keltirishdi va poytaxt Kinshasadagi stadionga olib chiqishdi. Siyosatchini so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun o‘n minglab odam yig‘ildi, xayrlashuv marosimiga Ruanda va Angola prezidentlari ham tashrif buyurdi. Tobutni olib chiqish paytida arenadagi xaloyiq qarsaklar va hushtaklar bilan olqishladi.

Chisekedini Kinshasadan 40 km masofadagi xususiy qarorgohga katolik cherkovi urf-odatlariga muvofiq dafn etish rejalashtirilgan.

Eten Chisekedi 20 yil davomida mamlakat rahbari Jozef Kabile va uning otasiga muxolifatda bo‘lib kelgan. Uning o‘g‘li o‘tgan yili mamlakat prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozongandi.

Mavzuga oid
Top