00:18 / 03.06.2019
27954

Misrda eng uzun iftorlik dasturxoni tashkil etildi

Misrda 7000 kishiga mo‘ljallab yozilgan iftorlik dasturxoni Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda Al-Yaum al-Sabia mahalliy portali xabar berdi. 

Ushbu dasturxon Misrning yangi ma'muriy poytaxtida yozilib, eng uzun iftorlik dasturxoni sifatida qayd qilingan. Shaharning markaziy maydonlaridan birini uch marta o‘rab olgan ushbu dasturxonning uzunligi 3 kilometr 189 metr va 83 santimetrni tashkil qilgan. Shu tariqa, misrliklar BAAda tashkillashtirilgan 2900 metrlik iftorlik dasturxoni rekordini ortda qoldirishdi. 

Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Mavzuga oid
Top