20:47 / 03.06.2019
7489

Mogerini Yevroittifoq davlatlariga Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishni taklif qildi

Foto: Jasper Juinen / Bloomberg

Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini YeIga a'zo davlatlarga Qrim va Sevastopolning anneksiya qilinishi munosabati bilan Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni 2020 yil 23 iyungacha uzaytirishni taklif qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Agentlik havola etgan hujjatda qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi «Qrim va Sevastopolning Rossiya tomonidan noqonuniy anneksiya qilinishini tan olmaydi va qoralashda davom etadi».

Xabarda aytilishicha, ushbu hujjat 6 iyun kuni Bryusselda muhokama qilinadi.

Yevroittifoq mart oyi o‘rtalarida ushbu holat munosabati bilan sakkiz nafar rossiyalikka nisbatan sanksiya kiritgandi.

Yana bir nechta iqtisodiy sanksiyalar 2014 yildan buyon amal qilib kelmoqda va muntazam ravishda uzaytirib kelinadi.

Mavzuga oid
Top